Toshkent IIBB o‘zining Telegram kanalini ochdi

© Foto : Youtube/HowToScienceTelegram messenger
Telegram messenger - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangiliklar kanalida har kuni guvd.uz saytiga joylashtiriladigan xabar va yangiliklar berib boriladi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB o‘zining Telegramdagi yangiliklar kanalini tashkil etdi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz".

O‘zbekiston IIV ishonch telefonini yo‘lga qo‘ydi

Yangiliklar kanalida har kuni guvd.uz saytiga joylashtiriladigan xabar va yangiliklar berib boriladi. Shuni qayd etish joizki, sayt yaqindagina ishga tushgan bo‘lishiga qaramasdan muntazam ravishda yangi xabarlar bilan to‘ldirib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi dyhxx.uz saytini ishga tushirgandi. Ushbu sayt orqali Toshkent yo‘llarida kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarimalar haqida ma’lumot olish mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0