GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oshishini tasdiqlamadi

© Gazeta.uzPartiya avtomobiley GM Uzbekistan
Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya bilan bog‘liq har qanday xabarni GM Uzbekistanning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasidan olish mumkin

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida hamda ayrim saytlarda GM Uzbekistan kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarning narxlarini oshirishi haqida xabarlar tarqaldi. Sputnik muxbiri ushbu xabarlar haqiqatga qanchalik yaqinligini aniqlash maqsadida kompaniya bilan bog‘landi.

Kompaniya xodimining ma’lum qilishicha, GM Uzbekistan hozircha avtomobillar narxlarini oshirish borasida hech qanday chora-tadbirni ko‘zda tutmagan.

Suhbatdosh avtomobillar narxlari oshishi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini hamda kompaniya bilan bog‘liq har qanday xabar GM Uzbekistanning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishini bildirdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0