Moskvada "Palovga ta’zim" festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Maksim BlinovV muzee Moskvi proshel festival-konkurs "Kult plova"
V muzee Moskvi proshel festival-konkurs Kult plova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unda Moskvada faoliyat yuritayotgan restoranlar vakillari va havaskorlar o‘zlarining palov tayyorlash mahoratlarini namoyish etdilar

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Bugun Moskva muzeyida "Yaxshilik ulash, Moskva" xayriya loyihasi doirasida "Palovga ta’zim" xalqaro festival tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtda faoliyat yuritayotgan restoranlar vakillari va havaskorlar o‘zlarining palov tayyorlash mahoratlarini namoyish etdilar.

© Sputnik / Maksim BlinovMoskva muzeyida "Palovga ta’zim" festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi
V muzee Moskvi proshel festival-konkurs Kult plova - Sputnik O‘zbekiston
Moskva muzeyida "Palovga ta’zim" festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Festival tashkilotchilarining ma’lum qilishlaricha, shuningdek, velobozorcha ham tashkil etildi. Loyiha doirasida bolalar o‘rtasida velopoyga tashkil etildi, BMX Show veloshousi va konsert dasturi namoyish etildi.

Festival davomida tushgan mablag‘lar Moskvadagi "Dom s mayakom" bolalar xospisi uchun nogironlik aravachalari sotib olishga sarflanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0