GM Uzbekistan internet orqali shartnoma tuzishni yo‘lga qo‘yadi

Obuna bo‘lish
Har bir dilerga onlayn rejimida mijozlarni ro‘yxatga olish uchun portaldan foydalanish imkoni beriladi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. GM Uzbekistan shu yilning oktabridan avtomobil sotib olish uchun elektron arizalar qabul qilish xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi kompaniyadagi manba Sputnik muxbiriga.

Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillar narxlarini rasman e’lon qildi

Yangi xizmat kompaniya mahsulotlari savdosi bo‘yicha Yagona portalga joylashtiriladi. Har bir dilerga onlayn rejimida mijozlarni ro‘yxatga olish uchun portaldan foydalanish imkoni beriladi.

Xaridor elektron ariza berish uchun portalda so‘ralgan ma’lumotlar, pasport seriyasi va raqami hamda soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini kiritib ro‘yxatdan o‘tadi. Yuridik shaxslar esa elektron raqamli imzo orqali ro‘yxatdan o‘tishadi.

Portal avtomatik ravishda xaridor uchun identifikatsion (xos) raqam va shartnoma tuzish uchun navbat raqamini chiqaradi. Diler portal tomonidan avtomatik ravishda belgilangan navbatga muvofiq xaridorga shartnoma tuzish imkoniyati haqida ma’lum qiladi.

Shartnoma ham avtomatik rejimda identifikatsion raqam va shtrix-kod belgilangan holda tayyorlanadi. Diler shartnomani portaldan chop etadi va xaridorga topshiradi. Shu bilan birga to‘lov uchun hisob varag‘i beriladi va xaridor bankka yo‘l oladi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan “shapka” so‘rayotgan dilerlar haqida xabar berishni so‘radi

Shartnoma faqat portalda ariza bergan shaxs bilan tuziladi. Mijoz diler tomonidan xabar berilganidan so‘ng uch ish kunida kelmasa, mashina sotib olish haqidagi ariza bekor qilingan deb hisoblanadi. Diler xaridorni telefon, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor qilishi shart etib belgilanadi.

Eng muhimi, kompaniya dilerlarga o‘zlari shartnoma tuzishni va portaldan tashqarida shartnomalar hisobini yuritishni taqiqladi. Ya’ni portal orqali qayd etilmagan shartnomalar haqiqiy deb hisoblanmaydi. Lekin dilerda sotib olish uchun xaridor tomonidan ariza yoki elektron buyurtma berilmagan avtomobillar mavjud bo‘lsa, u holda diler ariza va elektron buyurtmasiz shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ladi.

Xaridor portal orqali onlayn rejimida navbat siljishini, ya’ni avtomobilni olish muddatini o‘ziga berilgan identifikatsion kod (shartnoma raqami) yordamida kuzatib turishi mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0