14:56 23 Oktyabr 2017
Efir
Pustoye kreslo

Borovskiy kolleji rahbarlari ishdan boʻshatildi

Spuntik / Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
128851

Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori va uning ikki oʻrinbosari ishdan boʻshatildi

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 174-sonli buyrugʻi chiqdi, deb xabar bermoqda UzNews.uz.

Xabarda aytilishicha, Lutfi Yusupova Borovskiy nomidagi kollej direktori lavozimidan ozod qilingan. U bu lavozimda 2008 yildan buyon ishlab kelayotgandi.

Bundan tashqari, u bilan birga direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Hilola Boʻrixoʻjayeva hamda direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Vazira Hasanova ham ishdan olingan.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 3 may kuni Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov tan jarohati olib Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohligi kasalxonasiga yotqizilgan va 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

 

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular