14:57 23 Oktyabr 2017
Efir
Ibrohimov Jasur

Talaba Ibragimovga berilgan sinf rahbari tavsifnomasida nimalar bayon etilgan?

© Podrobno.uz
Jamiyat
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
238561

Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibragimov toʻgʻrisida Yunusobod tumani 5-sonli maktab oʻqituvchilar murojaati va uning sinf rahbari tavsifnomasi paydo boʻldi. Murojaatda oʻqituvchilar barcha aloqador boʻlgan idoralardan ushbu jinoyat ishini har tomonlama toʻliq tergov qilinishi soʻralgan

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Jasurbek Ibragimov toʻgʻrisida Yunusobod tumani 5-sonli maktab oʻqituvchilar murojaati paydo boʻldi. Bu haqda "Podrobno.uz" xabar berdi.

Ushbu murojaatda oʻqituvchilar barcha tegishli idoralardan mazkur jinoyat ishini toʻliq xar tomonlama tergov qilinishini soʻrashgan.

Murojaatda shunday deyiladi:

"Oʻqituvchilar tarkibi ijtimoiy tarmoqda Ibragimov Jasur oʻzi mushtlashishni boshlaganligi toʻgʻrisida bildirilgan salbiy fikrlarga biz mutlaqo norozi. Ibragimov Jasur bizni koʻzimiz oldida katta boʻlgan. Xulqi va oʻqishi boʻyicha unga hech qanday eʼtirozlar bildirilmagan. Jasur tinch, koʻngilchan va juda masʼuliyatli oʻquvchi boʻlgan".

Shuningdek, murojaatda Ibragimov Jasur toʻgʻrisida uning sinf rahbari I.Filchenko (hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida yashovchi) tavsifnomasi keltirilgan.

Tavsifnomada shunday deyiladi:

"Ibragimov Jasurbek 5-sonli maktabda 5 sinfdan 9 sinfgacha oʻqigan. Oʻqish davrida oʻzini iqtidorli va masʼuliyatli oʻquvchi sifatida namoyon etgan. Barcha fanlar boʻyicha yaxshi oʻqigan, matematika, fizika va kimyo fanlarini yaxshi koʻrar edi. Jasurbek tarbiyali, oʻqituvchilar va sinfdoshlarga hurmat bilan munosabatda boʻlgan. Uning xulqi boʻyicha hech qachon eʼtirozlar bildirilmagan. Tengdoshlar orasida hurmatga ega boʻlgan. Oʻqish davrida faqat namunali xulqqa ega boʻlgan. Maktab barcha tadbirlarida faol ishtirok etib, topshiriqlarga jiddiy yondoshgan. Mehnatsevar, sport bilan shugʻullanib, jismonan baquvvat va tarbiyali boʻlgan. Jasurbek haqiqiy inson, koʻngilchan va mehribon boʻlgan. Jasurbek ota-onasi uning tarbiyasiga koʻp eʼtibor berishib, barcha ishlarda unga koʻmak berib kelishgan. Oilada muhim yaxshi boʻlgan", — deb yozilgan tavsifnomada.

5-sonli maktabning barcha oʻqituvchilari tavsifnomada keltirilgan fikrlarga qoʻshilishlari aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tugʻilgan Ibragimov Jasurbek Maxammadjon oʻgʻli tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Toʻplangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular