20:05 23 Noyabr 2017
Efir
Filial Rossiyskogo Gosudarstvennogo Universiteta nefti i gaza imeni Ivana Mixaylovicha Gubkina v Tashkente

Qarshida Gubkin nomidagi universitetning tayyorlov markazi ochiladi

© Institut Nefti i Gaza
Jamiyat
Havola olish
161 0 0

Qashqadaryo viloyatida koʻplab neft-gaz korxonalari va konlari mavjudligi bois markaz ochish uchun mazkur hudud tanlangan

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Toshkentdagi Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti filialining tayyorlov markazi ochiladi. Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Inomjon Majidovning soʻzlariga asoslanib uznews.uz xabar bermoqda.

"Yil davomida kollej va litseylar bitiruvchilari ushbu markazda tahsil olishadi. Oʻqish yakunida imtihon topshirishadi va imtihon natijalariga koʻra Toshkentdagi Gubkin nomidagi RDU filialiga oʻqishga kirishlari mumkin boʻladi", — dedi Inomjon Majidov.

Qashqadaryo viloyatida koʻplab neft-gaz korxonalari va konlari mavjudligi bois markaz ochish uchun mazkur hudud tanlangan. Bunday amaliyot ushbu sohada ishlaydigan mutaxassislarni oldindan tayyorlashga yordam beradi.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti 1930 yilda tashkil etilgan boʻlib, neft-gaz yoʻnalishidagi asosiy oliy oʻquv yurti hisoblanadi.
Universitetning Orenburg va Toshkent shaharlarida filiallari mavjud. Filiallar bilan qoʻshib hisoblaganda universitet talabalari 10 mingdan oshadi. Mazkur oʻquv yurtida dunyoning 56 mamlakati talabalari tahsil olishadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular