O‘zbekiston talabalari ikkita diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

© SputnikUzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve
Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tez orada ikki diplom (Double Degree) dasturini jadallashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda tez orada "ikki diplom" (Double Degree) dasturi amaliyotga joriy etiladi, bu haqda Sputnik muxbiriga Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi xodimi xabar berdi.

O‘quv jarayon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oliygohlarida yangi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilmoqda

Suhbatdosh so‘zlariga ko‘ra, bugun mazkur dastur xorijiy oliygohlarda keng ommalashgan. Ko‘plab xorijiy oliygohlarning O‘zbekistonda ikki diplom dasturini jadallashtirish bo‘yicha takliflar vazirlikka kelib tushmoqda.

"Biz magistrlik mutaxassisliklari uchun ikki diplom dasturini joriy etishni taklif qilmoqdamiz. Bu nima degani, masalan  O‘zbekiston va xorijiy oliygoh o‘rtasida tegishli kelishuv imzolanadi va ularning magistrlari ikki o‘quv dastur bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada talabalar ikki diplomga — O‘zbekiston va xorijiy davlat diplomini oladilar" — dedi mutaxassis.

Ushbu dasturni amalga oshirish uchun ayrim shartlarga rioya qilish zarur bo‘ladi. Jumladan, oliygohlarda ta’lim muddati bir xil bo‘lishi kerak. Masalan ikki yil. Buning uchun dasturning bir yoki bir necha semestrlarni birlashtirish kerak bo‘ladi. Shuningdek, ikki diplom dasturida mutaxassisliklar bo‘yicha qat’iy cheklovlar bo‘ladi. Masalan, bir vaqtning o‘zida fizik va agronom diplomlarini olish mumkin emas. Ushbu dasturga faqat qo‘shni (o‘xshash) bo‘lgan mutaxassisliklar kiritiladi.

"O‘zbekiston ikki diplom olish tajriba loyihasi avval ham amalga oshirilgan. Xususan, bu amaliyot Toshkent qishloq xo‘jaligi irrigatsiya va melioratsiya institutida muvaffaqqiyatli amalga oshirildi. Mazkur institut Gollandiya oliygohi bilan ushbu masalada bitim mavjud. Yaqinda davlat rahbari mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha huquqiy hujjatlar imzoladi. Oldinda juda katta ishlar amalga oshirish zarur. Mazkur masala bo‘yicha xorijiy oliygohlarning ko‘plab takliflari kelib tushmoqda. Hozirgi vaqtda Rossiya oliygohlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar amalga oshirilmoqda", — deb qo‘shimcha qildi vazirlik xodim.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0