13:43 28 Iyun 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev: Rossiya bilan imzolangan shartnoma farzandlarimizni himoya qiladi

© Pravitelstvennыy portal Respubliki Uzbekistan
Jamiyat
Havola olish
138974

Oʻzbekiston prezidenti chet elda halol mehnat bilan daromad topaman deb yurgan fuqarolarimiz terrorizm va ekstremizm changaliga tushib qolmasligi uchun koʻrilayotgani choralar haqida gapirdi.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan "Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi", mavzusidagi anjumanda, Shavkat Mirziyoyev chet ellarda halol mehnat bilan daromad topaman deb yurgan fuqarolarimning terrorizm va ekstremizm changaliga tushib qolmasligi uchun barcha choralar koʻrilayotgani haqida gapirdi. Jumladan, Rossiya bilan mehnat migrantlari borasida imzolangan shartnoma haqida toʻxtalib oʻtdi.  

"Mehnat migrantlari borasida bizning pozitsiyamiz aniq — odam qayerda boʻlsayam ishlashi oilasini, bola-chaqasini boqishi kerak. Rossiya bilan migratsiya borasidagi muammolar bizga 10-15 yildan beri bizga azob, tashvish boʻlib kelayotgan edi. Nimaga desangiz, bizning farzandlarimiz, bizga yoqadimi-yoqmaydimi oʻsha yerda  ishlayapti, ularning tinchligi, osoyishtaligi bizga kerak.

Shuning uchun biz Rossiya rahbariyati oldiga ushbu masalani koʻndalang qoʻydik: xudo xayrlaringni bersin, bizning xalqimiz sizlarning iqtisodingizga xizmat qilayapti. Shunday ekan har, har bir Oʻzbekiston fuqarosini tinchligini, sogʻligini kafolatlaydigan sharoit yaratib beringlar, deb… 

Uzbekskaya delegatsiya v sostave otvetstvennыx rabotnikov Agentstva po voprosam vneshney trudovoy migratsii pri Ministerstve truda Respubliki Uzbekistan i diplomatov Posolstva Respubliki Uzbekistan  v Krasnodarskom kraye
Press-slujba Agentstva po voprosam vneshney trudovoy migratsii Krasnodarskogo kraya

Oʻylaymanki, bu oʻzining juda katta ijobiy natijasini beradi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Undan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti oxirgi vaqtlarda Oʻzbekistonda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga katta eʼtibor berilayotganini eslatib oʻtdi va bir kun kelib mehnat migrantlari vataniga qaytishiga umid bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 4-5 aprel kunlari boʻlib  oʻtgan Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tavlat tashrifi davomida Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari migratsiya sohasida bir necha shartnomalar imzolangan edi.

Asosiy mavzular