17:32 18 Avgust 2017
Efir
Skachki na priz prezidenta RF - 2017

Ot sporti va zotdor otlar yetishtirish boʻyicha prezident qarori

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Jamiyat
Havola olish
18731

Oʻzbekiston Ot sporti federatsiyasi bundan buyon zotdor otlarnin yetishtirish bilan ham shugʻullanadi. Buning uchun federatsiya ixtiyorida maxsus fond tashkil qilinadi. Shunday qilib, zotdor, sport va xizmat otlarini yetishtirish va selektsiya qilish bilin yagona tizim shugʻullanadi.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. 15 iyunda qabul qilingan 3057-sonli prezident qaroriga binoan Oʻzbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim ishlar amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu maqsadda Qashqadaryo viloyatida, "Oʻzbekneftegaz" milliy kompaniyasi yordamida Qorabayir zotli otlarini yetishtirish va selektsiya qilish majmuasi yaratiladi.

Toshkent hokimiyati esa, birdaniga ikkita majmua — Axalteke zotli otlari yetishtirish boʻyicha "Oʻzbegim otlari" va sport otlari yetishtirish boʻyicha "Oʻzbek sport otlari" majmualari qurishni oʻz zimmasiga oldi.

Zotli otlar selektsiyasi bilan bir qatorda Toshkent Otchopari ham qayta taʼmirlanib Xalqaro ot sporti federatsiyasi talablariga javob beradigan darajada jihozlanadi.

Xususan, ippodromda otlarni karantinda saqlash va veterinariya markazi paydo boʻladi. Shuningdek, bu yerda ot sporti boʻyicha Respublika trener va sudʼyalar markazi, veterinar va taqachilar maktablari paydo boʻladi.

Yana bir katta yangilik, bu Oʻzbekiston Ot sporti federatsiyasi bundan buyon zotdor otlarnin yetishtirish bilan ham shugʻullanadi. Buning uchun federatsiya ixtiyorida maxsus fond tashkil qilinadi. Shunday qilib, zotdor, sport va xizmat otlarini yetishtirish va selektsiya qilish bilin yagona tizim shugʻullanadi. Ot sporti federatsiyasi va yilqichilik fondi barcha soliqlardan ozod qilindi.

Yuqorida aytilgan ishlardan tashqari, Oʻzbekistonda umumiy hisobda yilqichilik va zotdor otlar yetishtiruvchi xoʻjaliklar faoliyatiga yordam beriladi. Ushbu maqsadga erishish uchun Mirziyoyev maxsus tashkil qilingan ishchi guruhga 2021 yilga qadar moʻljallangan Oʻzbekistonda zotdor otlar yetishtirish va ot sportini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar ishlab chiqishni topshirdi.

Asosiy mavzular