06:38 20 Oktyabr 2017
Efir
Xokimiyat Samarkandskoy oblasti

Prezident maslahatchisi Samarqand xalq qabulxonalar faoliyatini tanqid qildi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblasti
Jamiyat
Havola olish
77761

Samarqand viloyati hokimligida xalq qabulxonalar ish faoliyati tanqid qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligida prezident davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi Turobjon Joʻrayev ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqda jurnalist Toshpoʻlat Raxmatullayev oʻz shaxsiy blogida xabar berdi.

Yigʻilishda 40 nafar kam taʼminlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalarga prezident sovgʻalari topshirildi. 

Xudoybergenov yigʻilish boshlanishida viloyat xalq qabulxonalari ish faoliyati yuzasidan eʼtirozlar bildirdi. Xalq qabulxonalar rahbarlariga ular Prezident devoni xodimlari ekanligi va ularga katta masʼuliyat yuklatilganligini oʻqtirib oʻtdi.

"Men faoliyatingizdan mamnun emasman. Samarqanddan Toshkentga koʻplab shikoyatlar kelishi davom etmoqda. Tez kunlarda faoliyatingiz toʻliq oʻrganib chiqiladi. Sizlar quyidagi asosiy savollarga javob berishingiz kerak: oʻtgan davrda faoliyatingiz natijasida ijobiy tomonga nimalar oʻzgardi va qancha odamlar faoliyatingizdan rozi boʻldi", — deb taʼkidladi Xudoybergenov.

Shuningdek, aholini, ayniqsa jismoniy nuqsonlar tufayli ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan kishilarni ish bilan taʼminlash borasida,  Samarqand viloyati 9 ta tumanida roʻyxatda turgan 7 ming nafar ikkinchi va uchinchi guruh nogiron ayollardan 314 nafar ayol tikuvchi boʻlib ishlashga istak bildirdi. Shu kunlarda ular 21 ta tikuv mashinkasi bilan taʼminlandi. Bu bilan ish chegaralanmaydi, eng asosiysi ushbu ayollarni daromad topishga oʻrganish kerak. Ularga xom-ashyo va boshqa zarur materiallar bilan taʼminlash, bozorda sotish uchun yetkazish vazifalari viloyat xotin-qizlar kengashi va joylardagi xalq qabulxonalar rahbarlari javobgarligi qatʼiy belgilab berildi. Paxta terish uchun etakning narxi tasdiqlandi (700 soʻm). Barcha tikuvchilarga ish haqi plastik kartalarga oʻtkazib beriladi. 

"Oʻzpaxtasanoat" AJ hududiy boʻlimlariga tikuvchilar bilan shartnoma tuzish haqida topshiriqlar berildi. Shartnomaga koʻra, tikuvchilar paxta terish uchun etaklar, viloyat tibbiyot boʻlimi xodimlariga maxsus kiyim (koʻrpa toʻshak, xalat), temir yoʻl xodimlari uchun maxsus kiyimlar tikiladi.

"Shahar va tumanlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida shular maʼlum boʻldiki, aholini, ayniqsa ayollar va yoshlarni ish bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kun talablariga javob bermasligini koʻrsatmoqda. Oʻrganishlar davomida aholidan ish bilan taʼminlash boʻyicha yordam soʻralmoqda. Bugungi kunda 21 nafar kishi ish bilan taʼminlandi. Kelgusida jismoniy nuqsonlar boʻlgan kishilarni ish bilan taʼminlash borasida amaliy yordam koʻrsatishni davom etamiz. Shuningdek, 2018 yilda 21 nafar kam taʼminlangan oilalar va ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalar namunali uy-joylar bilan taʼminlanadi", — deb taʼkidlab oʻtdi viloyat hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar kengashi raisi Marhabo Gafurova.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular