13:48 28 Iyun 2017
Efir
Pustoye kreslo

Fuqarolar murojaatiga eʼtiborsiz boʻlgan hokim ishdan ketdi

Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Jamiyat
Havola olish
94523

Hokim tuman aholisi bilan tizimli ravishda samarali aloqa oʻrnatmagani hamda fuqarolarning murojaatlariga eʼtiborsizlik bilan qarab kelgani uchun lavozimdan chetlatilgan

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hokimi Xaybulla Mamatqulov 2017 yil 16 iyun kuni lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Xalq bilan Muloqot" guruhi oʻzining Facebookdagi sahifasida xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Mamatqulov tuman aholisi bilan tizimli ravishda samarali aloqa oʻrnatmagani hamda fuqarolarning murojaatlariga eʼtiborsizlik bilan qarab kelgani uchun lavozimdan chetlatilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 19 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida vazirlik, tashkilotlar rahbarlari va hokimlar qattiq ogohlantirgan edi.

 

Asosiy mavzular