14:13 16 Dekabr 2017
Efir
Jamiyat

Rosatom 50 yil ishlaydigan yadroviy batareyka namoyish qildi

Havola olish
82740
© Ruptly.

Olimlar kelajakda ushbu yangi energiya manbai koinotda, meditsinada va yer sharining uzoq va yetib borish qiyin boʻlgan joylarida ishlatish mumkinligini qayd etishmoqda.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Moskvada boʻlib oʻtgan "Atomekspo" forumida yadroviy  barayeyka namunasi koʻrsatildi.

Mittigina energiya manbai "Luch" ilmiy-ishlab chiqarish uyushmasida yaratilgan. Batareyki radioaktiv izotop Nikel-63 (Ni-63) asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, u oʻz hajmiga nisbatan ancha kuchli quvvatga ega. Bunday batareyka elektron asboblarni 50 yil davomida uzuluksiz energiya bilan taʼminlashi mumkin.

Olimlar kelajakda ushbu yangi energiya manbai koinotda, meditsinada va yer sharining uzoq va yetib borish qiyin boʻlgan  joylarida ishlatish mumkinligini qayd etishmoqda.

Laboratoriya xodimi Aleksandr Pavkin aytishiga qaraganda, ushbu yadroviy batareyka inson uchun xavfli boʻlgan neytron va gamma nurlanish chiqarmaydi. Beta-nurlanish elektronlari esa toʻlaligicha batareyka ichida qoladi, shuning uchun yangi batareyka kardiostimulyatorlarda muvaffaqiyatli qoʻllanilishi mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular