Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
Prezident Rossiya musulmonlar uyushmalarining jamoat hayotida ishtiroki va odamlar orasida do‘stlik va o‘zaro tushunishni oshirishda tutgan faoliyatini yuqori baholadi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Ramazon hayiti – butun dunyo musulmonlari tomonidan bir necha asrlar davomida nishonlanib kelayotgan asosiy diniy bayramlardan biridir. Muqaddas Ramazon oyi oxirida nishonlanadigan ushbu bayram negizida chuqur ma’no bor. U yangilanish, o‘z-o‘zini tarbiyalash,  yaxshilik qilishga doimo tayyor bo‘lish va bechorlarga yordam berishni anglatadi.

Rossiyalik musulmonlar ota-bobolarining boy ruhiy va tarixiy me’rosini e’zozlab, ularni yosh avlodga uzatayotganini ko‘rish quvonarlidir. Musulmon tashkilotlarining jamiyat hayotida, mamlakatning madaniy hayotida ishtirok etishi, xayrli, tarbiyaviy hamda vatanparvarlik tashabbuslarida ishtirok etishi — chin ko‘ngildan hurmatga sazovordir.

Ularning fuqarolar orasida tinchlikni saqlash, do‘stlik va o‘zaro tushunishni kuchaytirishda tutgan o‘rni alohida va muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor qayd etmoqchiman”, — dedi Vladimir Putin o‘zining tabrik so‘zida.

Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabari asosida.

Yangiliklar lentasi
0