05:18 25 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiy borets (v sinem) Abdullo Tangriyev

Oʻzbekistonning eng mashhur sportchilari oʻz murabbiylik maktablarini ochadi

Laurent KALFALA / AFP
Jamiyat
Havola olish
69830

Yangi qabul qilinadigan prezident qaroriga asosan, sobiq sportchilar qisqa vaqt ichida murabbiylik kurslaridan oʻtib litsenziya olishlari mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonning eng mashhur sportchilari, sportdagi faoliyati yakunlanganidan keyin oʻz shaxsiy maktablari ochishga imkoniyat yaratib beriladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashriga Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi.

Qoʻmita xabariga koʻra, ayni damda ushbu borada prezident qarori ishlab chiqilmoqda.

"Sobiq sportchilar qisqa vaqt ichida murabbiylik kurslaridan oʻtib litsenziya olishlari mumkin boʻladi. Masalan Buxoroda allaqachon Abbos Atoyev va Rishod Sabirovning maktablari ochilgan, Andijonda  bokschi Oʻtkir Haydarov maktabi ochilgan. Kelajakda har bir viloyatda shunday maktablar ochiladi. Bu yoshlarni yanada koʻproq sportga jalb qilish imkonini yaratadi", — dedi Qoʻmita vakili.

Bundan oldin, mahalliy OAVlar Oʻzbekistonlik mashhur dzyudochi va kurashchi Abdulla Tangriyev  oʻz sport karyerasini yakunlaganidan soʻng oʻz murabbiylik maktabini ochmoqchi ekanini ham xabar qilgan edi.

"Mamlakatda juda qobiliyatli yosh avlod oʻsmoqda, ular bilan ishlashni istayman. Kelajakda avval Toshkentda, keyin viloyatlarda oʻz maktabimni ochmoqchiman. Buni hali koʻp marotaba oʻylab koʻrish kerak, lekin bu mening orzuim. Olimpiya chempionlarini tayyorlaymiz", — degan edi Tangriyev.

Shuningdek, Sputnik yaqinda oʻzbekistonlik mashhur futbolchi Odil Ahmedovning Namangandagi futbol maktabiga birinchi qabul boshlangani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular