Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladi

© IA "Kazinform"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident o‘z tabrigida Mustaqillik yillarida O‘zbekiston OAVlari rivojlanib, ularni soni va efir vaqti keskin oshganini qayd etdi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Qadrli do‘stlar! Avvalo, siz, azizlarni – yurtimizdagi barcha jurnalistlar, gazeta va jurnallar, tele-radiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari fidoyilarini, muhtaram faxriylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim, ezgu tilaklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz", — deb boshlangan prezidentining tabrik so‘zi.

Prezident o‘z tabrigida Mustaqillik yillarida O‘zbekiston OAVlari bosib o‘tgan rivojlanish yo‘li haqida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Mirziyoyev respublikada 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatayotganini va aksariyat OAVlar nodavlat tashkilotlar ekanini ham qayd etdi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kun fotosi: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ilk bor jurnalist bilan selfi tushdi

Shuningdek, "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos", — deyilgan prezident nutqida.

Mirziyoyev internetda faoliyat yuritayotgan OAVlarni ham esdan chiqarmadi. Bu borada prezident "Ushbu yo‘nalishda yangi ijodiy avlod – Internet jurnalistlari shakllanib borayotgani e’tiborga sazovordir", — dedi.

Tabrik so‘zining oxirida Mirziyoyev jurnalistlarga sog‘lik-omonlik tiladi.

"Aziz va muhtaram do‘stlar! Barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda omad va yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, azizlar!", — deb tabrik so‘zini yakunladi prezident.

Yangiliklar lentasi
0