20:10 23 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiy student

Qoʻshimcha kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, eng qimmati - 25 barobar!

© UIT
Jamiyat
Havola olish
120412

Kvota boʻyicha kirishga bali yetmagan, abituriyentlar uchun qoʻshimcha kontrakt toʻlovlari miqdori 1,5 barobardan - 25 barobargacha belgilandi.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish…” haqidagi 393-sonli qaroriga asosan, belgilangan kvota boʻyicha kirish bali yetmagan abituriyentlar uchun talabalar safiga qoʻshilishi imkoniyati paydo boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Davlat komissiyasining tartibiga muvofiq, kvota boʻyicha belgilangan ballga 4 balldan ortiq bali yetmagan, lekin 68 balldan koʻp bal toʻplagan  abituriyentlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdorlari tasdiqlandi.

Tasdiqlangan toʻlovlar miqdori  turli sohalar uchun, oddiy toʻlov-kontrakt puliga nisbatan bir necha barobar yuqori miqdorda belgilangan:

15 baravar — chet tillari, tarjimonlik, tarix, jahon siyosati, Sharq falsafasi, sotsiologiya, psixiologiya, jurnalistika, energoaudit, neft-gazkimyo sanoati, axborot tizimlari, kompyuter grafikasi, telekommunikatsiya, radioelektron qurilmalar, maxsus yoritish texnologiyalari, ijtimoiy taʼminot, mehmonxona xoʻjaligi, turizm, transport, logistika, aviadispetcherlik ishi;

20 baravar — iqtisodiyot, menejment, kichik biznes, marketing,  bojxona ishi, moliya, bank ishi, soliq, buxgalteriya, jahon iqtisodiyoti, sugʻurta ishi, pensiya ishi, statistika, baholash ishi, kadrlar menejmenti, korporativ boshqaruv, davlat byudjeti, barcha tibbiy mutaxassisliklar;

25 baravar — yurisprudentsiya, yurisprudentsiya (islom huquqi);

Yuqorida tilga olinmagan, qolgan barcha sohalar uchun qoʻshimcha kontrakt toʻlovi miqdori - 10 baravar etib belgilandi.

Koʻrib turganingizdek, yurisprudentsiya yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha-kontraktda oʻqish istagini bildirganlar birinchi oʻquv yili uchun toʻlov kontrakt miqdorining 25 baravari, yaʼni — 246 mln 250 ming soʻm toʻlashi kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu oshirilgan kontrakt toʻlovlari faqat birinchi oʻquv yili uchun toʻlanadi. Keyingi yillarda kontrakt pulining bir baravari  toʻlanadi.

Oldin xabar berganimizdek, qabul kvotalari chegarasiga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlarga quyidagi toʻlov puli belgilangan edi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Maʼlumotlar yurist va bloger Xushnudbek.uz sahifasidan olindi.

Asosiy mavzular