Senator: bu yilgi va oldingi qonunlar orasida yer bilan osmoncha farq bor

© Sputnik / StringerZamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Svetlana Artikova
Zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Svetlana Artikova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy majlis tomonidan ushbu yilda qabul qilingan qonunlarni izohlash, tushuntirishning hojati yo‘q. Ularning hammasi tushunarli izohlangan.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi ishlab chiqarayotgan qonunlarning sifati va darajasi sezilarli darajada o‘sgan deb hisoblaydi O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Artikova.

“Oldingi qabul qilingan qonunlar bilan ushbu yilda qabul qilingan qonunlar orasida yer bilan osmoncha farq bor. Qonunlar sifatida ham qonunchilik texnikasida ham”, — dedi Svetlana Artikova Xalqaro press-klub majlisida.

 

Artikova aytishiga qaraganda Oliy majlis tomonidan ushbu yilda qabul qilingan qonunlarni izohlash, tushuntirishning hojati yo‘q. “Ularning hammasi ravon, tushunarli va lo‘nda izohlangan”,- dedi senator.

Shuningdek, Artikova Senat faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishiga qaraganda, bugungi kunda Senat respublika hayotida Oliy Majlis tutgan o‘rnini kuchaytirish, ijroiya hukumati faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish va yuqori martabali mansabdor shaxslar faoliyatini tahlil qilish bilan shug‘ullanmoqda.

“Senatorlar o‘z ishidan qoniqdi deyishga hali erta. Inson o‘zishidan qoniqqan zamon uning rivojlanishi to‘xtaydi. Bizda bunday niyat yo‘q”, — dedi Artikova.  

Shuningdek, senator barcha davlat tashkilotlari xodimlariga nisbatan xotirjam ishlash vaqtlari o‘tib ketganini va uyqudan uyg‘onib ishlash vaqti kelganini ta’kidladi.

Podrobno.uz xabariga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0