05:18 25 Noyabr 2017
Efir
Jamiyat

Qirgʻizistonda eng katta masjid qurilmoqda

Havola olish
72620
Sputnik/ Akыlbek Batыrbekov

Ushbu kunlarda Bishkekda Oʻrta Osiyoning eng katta masjidlaridan birii qurilmoqda. Masjid 10 ming kishiga moʻljallangan.

Bishkek shahrining Jibek Jolu shohkoʻchasida  joylashgan masjid 3,5 gektar maydonni egallagan. Masjid qurilib bitganidan keyin u yerda bir vaqtning oʻzida 10 ming kishi namoz oʻqishi mumkin boʻladi. Masjidning asosiy gumbazini oʻrab turgan 4 minoraning har birining balandligi 64 metrni tashkil qiladi.

Masjid Turkiya muftiyati koʻmagida qurilmoqda. Yangi masjid nimasi bilandir Turkiyadagi qadimiy Sultonaxmet va Aya Safiya masjidlarini eslatadi.

Sultanaxmet
Sultonaxmet masjidi

Yana video

Asosiy mavzular