Terrorchi yollovchilar changaliga tushmaslik uchun ruhshunos maslahati

© Sputnik Kirgizstan Psixolog Yevgeniya Kim
Psixolog Yevgeniya Kim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tajribasiz yoshlar, odatda, o‘zlariga shunday “ishlov” berilayotganidan mutlaq bexabar bo‘lishadi. Ular uchun ijtimoiy tarmoqda yoki ko‘chada tanishgan “yangi tanish” bir yoqimtoy, xushmuomala kishi bo‘lib qolaveradi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Ba’zan u yoki bu mudhish terrorchilik haqida eshitar ekanmiz, bu ishni kechagina tuppa-tuzuk yurgan odam qilganiga insonning ishongisi kelmaydi. Vaholanki, ko‘plab terrorchilik negizida tajribasiz yosh ijrochi va o‘ta ayyor yollovchining bir necha oy davom etgan qabih faoliyati yotadi.

Professional ruhshunos Yevgeniya Kim Sputnik Qirg‘izistonga bergan intervyusida, terrorchi yollovchilar changaliga tushib qolmaslik uchun, tajribasiz yoshlar nimalarni bilish kerakligini tushuntirdi.

FXXning antiterror o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada ekstremistik tashkilotlarga yollovchi shaxs qo‘lga olindi

Ruhshunos aytishiga qaraganda, terrorchi yollovchilar o‘z faoliyati asosan oltita bosqichni bosib o‘tar ekan.

Birinchidan, yollovchilar bo‘lajak terrorchi hayotda nimadan norozi, nimalarni orzu qilishini bilib olishga harakat qilishar ekan.

Keyin, ular bo‘lajak terrorchining hayot qadriyatlarini bilib olishga harakat qilishar ekan. Ya’ni, bo‘lajak terrorchi u o‘z hayotida nimani qilishi mumkin, nimani bajarishdan voz kechadi.

Uchinchidan, birinchi va inninchi bosqichda to‘plangan ma’lumotlar asosida, bo‘lajak terrorchini (qurbonni) o‘z loyihasiga qiziqtirishga harakat qilar ekan.

To‘rtinchidan, yollovchilar qurbonga dunyoning benuqson ko‘rinishini tasvirlab berishar va yangi dunyoda u orzu qilgan barcha narsalar muhayyo bo‘lishini aytib berishar ekan. Shundan keyin, bo‘lajak terrorchi yollovchiga to‘liq ishona boshlaydi va uni o‘zining orzu-umidlarini amalga oshishi uchun yagon imkon deb hisoblaydi.

Beshinchidan, yollovchi terrorchining hayot qadriyatlarini buzuq qadriyatlar bilan almashtira boshlaydi. Masalan, borib qo‘shingni echkisini o‘g‘irlab kel, deydi. Bo‘lajak terrorchi esa, — yo‘q o‘g‘irlik qilish noto‘g‘ri deydi. Yollovchi esa, qara qo‘shningni 10ta echkisi bor, senda birorta ham yo‘q, shu to‘g‘rimi deydi.

Shunday uslubda yollovchi bo‘lajak terrorchining hayot qadriyatlarini buzuq qadriyatlar bilan almashtiradi. Bu albatta birmuncha vaqt va “ustalik” talab qiladigan jarayon, lekin u tugaganidan keyin bo‘lajak terrorchi hamma narsaga – o‘g‘irlik qilishga ham, odam o‘ldirishga ham tayyor bo‘ladi.

Shundan keyin, bo‘lajak terrorchiga biror kichikroq topshirik beriladi va yaxshi rag‘batlantiriladi.

SPUTNIK_Mat podozrevayemix v organizatsii teraktov v Peterburge Azimovix ne verit v vinovnost detey - Sputnik O‘zbekiston
Ona o‘z farzandlarining terrorchi ekaniga ishonmadi

Oltinchidan, yollovchi terrorchini barcha qarindoshlaridan yuz o‘girtirib faqat u bilan muloqot qilishga va “men sening yagona do‘stingman” qabilida ish tutadi va terrorchini “asosiy maqsad”ni amalga oshirish uchun tayyorlay boshlaydi…

Tajribasiz yoshlar, odatda, o‘zlariga shunday “ishlov” berilayotganidan mutlaq bexabar bo‘lishadi. Ular uchun ijtimoiy tarmoqda yoki ko‘chada tanishgan “yangi tanish” bir yoqimtoy, xushmuomala kishi bo‘lib qolaveradi.

Buning oldini olish uchun, eng asosiysi yoshlarni uzoq vaqtga, o‘z holicha yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Ikkinchidan, ular bergan savollarga javob berish kerak, ularning hayoti, o‘qishi ishi bilan chin dildan qiziqib, xabardor bo‘lib turish kerak.

Yoshlarning o‘zlariga kelsak, “yangi tanish”lar bilan “alohida” mavzularda suhbat qurganidan keyin ularning o‘zlarida ham ko‘plab savollar paydo bo‘ladi. Bunday hollarda ular, birinchi navbatda, o‘z yaqinlariga  yoki oldindan tanish bo‘lgan kishilarga murojaat qilsa yaxshi bo‘ladi.

Kim: verbovshiki terroristov rabotayut tak je, kak setevie marketologi
Yangiliklar lentasi
0