06:46 24 Noyabr 2017
Efir
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF

IIV haydovchilik guvohnomasi berishning yangi tartibini eʼlon qildi

© Sputnik/ Vitaliy Belousov
Jamiyat
Havola olish
281610

Yangi tartibga koʻra, haydovchilik guvohnomalari fuqarolarga bir kunda, yaʼni murojaat etilgan kunning oʻzida beriladi.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi jismoniy shaxslarga haydovchilik guvohnomasi va uning talonini berishning yangi tartibini eʼlon qildi.

Eʼlon qilingan hujjatga koʻra, haydovchilik guvohnomasi berilayotgan fuqaro oʻquv muddati yakunida: mototsikl boshqarish uchun — 16 yoshga, yengil va yuk avtomobili boshqarish uchun — 18 yoshga, avtobus tramvay va trolleybus boshqarish uchun — 21 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.  

Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomalari va ogohlantirish talonlari fuqarolar doimiy yoki vaqtincha turar joyidagi Ichki ishlar organlarining Roʻyxatdan oʻtkazish-imtihon boʻlimlarida beriladi (RIB, tumanlarda — TRIB).  Harbiy xizmatchilarga — xizmatni oʻtash joylarida.

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun kerakli hujjatlar:

a) tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnoma;

b) diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻtganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirmaning notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

v) 3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan boʻlishi kerak) boʻlgan 2 dona fotosurat;

g) sogʻligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

d) bank muassasalariga topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish uchun toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov qogʻozi (toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);

ye) taʼlim muassasasi tomonidan toʻldirib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi va fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat.

Guvohnoma olish uchun amalga oshiriladigan toʻlovlar

Nazariy imtihon uchun — eng kam ish haqining 10 %;
Amaliy imtihon uchun — eng kam ish haqining 10 %;
Nazariy imtihonni qayta topshirish uchun — eng kam ish haqining 15 %;
Amaliy imtihoni qayta topshirish uchun — eng kam ish haqining 15 %;
Haydovchilik guvohnomasini berish uchun — eng kam ish haqining 20 %;
HGga ogohlantirish taloni berish uchun — eng kam ish haqining 10 %;

Izoh: yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish taloni oʻrniga dublikat berish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.

Guvohnoma berish muddati

Ariza bilan murojaat etgan shaxslarga shu kunning oʻzida, nazariy va amaliy imtihonlarni ijobiy topshirganidan soʻng haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.

Rad etish sabablari:

Fuqarolarga davlat xizmatini koʻrsatishning yuqorida belgilangan tartibi buzilgan hollarda, IIVga ishonch telefonlari orqali ogʻizaki yoki ariza bilan yozma ravishda shikoyat qilish mumkin.

Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 avgustdagi 156-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisi"da Qarori asosida ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular