23:26 20 Sentyabr 2017
Efir
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA

Dollarning rasmiy kursi 4000 soʻmdan oshib ketdi

© Sputnik/ Mixail Kutuzov
Jamiyat
Havola olish
692 0 0

Oʻzbekiston Markaziy banki 11 iyuldan valyutalarning yangi qiymatini belgiladi

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi oʻsishda davom etmoqda.Markaziy bank dollar va yevroning Oʻzbekiston milliy valyutasiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi bir hafta ichida 27,95 soʻmga, 3 986,55 soʻmdan 4014,50 soʻmga koʻtarildi.

Yevroning qiymati qariyb 33,44 soʻmga oshib 4 535,46 soʻmdan 4568,90 soʻmga yetdi.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha ayrim mahalliy OAV va internet nashrlarda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, "Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomga oʻzgartirishlar kiritilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular