13:13 22 Sentyabr 2017
Efir
Uzbekskiy pasport

Oʻzbekistonda chet elga chiqish pasporti joriy qilinadi

© Sputnik/ Aleksey Tixomirov
Jamiyat
Havola olish
176830

Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik qoʻmitasiga bir oy ichida chet elga chiqish pasporti joriy etish uchun aniq takliflar ishlab chiqish topshirildi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolarida kelasi yildan boshlab chet elga chiqish uchun alohida pasportlar paydo boʻlishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining bugun eʼlon qilingan 3126-sonli Prezident qarorida aytib oʻtilgan.

"Bir oy ichida chet elga chiqish pasporti joriy qilish boʻyicha aniq takliflar kiritilsin. Takliflarda ushbu jarayonning aniq bosqichlari, texnik sharoitlari, moliyaviy xarajatlari koʻrsatilsin", — deyilgan hujjatda. (rus tilidan tarj.)

Takliflar Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,  Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi va "Davlat belgisi" tashkiloti tomonidan  bir oy ichida ishlab chiqilishi kerak.

Moliya vazirligi prezident qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun kerakli mablagʻ ajratilishini taʼminlashi kerak.

Asosiy mavzular