Prezident Yunusoboddagi Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

Obuna bo‘lish
Bosh boshqarmada "Xavfsiz shahar" boshqaruv situatsion markazi tashkil etilmoqda

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb-saytida xabar qilinmoqda.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Militsiya xodimlariga imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi

Davlat rahbari tumanda joylashgan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

"Tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash tizimi bugungi hayotimiz talablariga mos bo‘lishi kerak. Yangi zamonaviy tizim samarali ishlashi uchun uni mukammal o‘zlashtirish, bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish zarur", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mazkur boshqaruv tizimini ikki yil davomida sinovdan o‘tkazish, ichki ishlar xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi Inha universitetida ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash, tizim puxta o‘zlashtirilganidan keyin uni respublikaning barcha shaharlarida joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Hozirda prezident tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari o‘zi xizmat qilayotgan hududda yashaydigan, fuqarolar yig‘inlari bilan birga ishlaydigan yangi tizim yaratilmoqda. Ichki ishlar xodimlari uy-joy, avtomobil va zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi

Mamlakatdagi barcha militsiya tayanch punktlarini o‘zaro bog‘lovchi optik tolali tizim barpo etilmoqda.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qo‘riqlash boshqarmasida ham jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bosh boshqarmada "Xavfsiz shahar" boshqaruv situatsion markazi tashkil etilmoqda. Markaz yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash xizmati, post-patrul xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boshqaradi.

Bozorlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yo‘llar va boshqa jamoat joylariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qo‘l keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Yangiliklar lentasi
0