21:31 26 Iyul 2017
Efir
Zdaniye federatsii profsoyuzov Uzbekistana

Yoshlarga kasaba uyushmalari yuridik klinikasi tomonidan bepul maslahat berish yoʻlga qoʻyiladi

© kasaba.uz
Jamiyat
Havola olish
11520

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yosh faollarining amaliy seminari oʻtkazildi

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. 2017 yil 14-15 iyul kunlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yosh faollarining amaliy seminari hamda Federatsiya rahbariyati bilan uchrashuvi oʻtkazildi, deb xabar qildi kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, sektsiya yigʻilishlarida kasaba uyushma tashkilotlarida yoshlar bilan ochiq muloqot tizimini joriy etish, kasaba uyushma mutasaddilari ishtirokida tegishli soha va hududlar boʻyicha har oyda kamida bir marotaba «Yoshlar bilan ochiq muloqot kuni»ni oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish borasida fikr va mulohazalar almashinildi.

Yoshlarni ijtimoiy, maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, jamiyatda munosib oʻrin egallashlariga qulay sharoit yaratish maqsadida Yoshlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi "Kasaba ish" markazini tashkil etish taklifi oʻrtaga tashlandi.

Shuningdek, mehnat sohasida ilm-fan bilan shugʻullanayotgan hamda kasaba uyushmalari faoliyatida ishtirok etayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Kasaba uyushmalari stipendiati" unvonini joriy etish, yoshlar, ayniqsa, taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilayotgan ish oʻrinlarining haqqoniyligini oʻrganish, bitiruvchilarning oʻz ish joylarida qoʻnimliligini monitoring qilish ishlarini kuchaytirish hamda zarur hollarda ish beruvchilar va hokimiyatlarga taqdimnomalar kiritish amaliyotini joriy etish masalalari muhokama etildi.

Yoshlarni, kichik biznesga jalb qilish, ularga biznes yuritish asoslarini oʻrgatish, oilaviy va yoshlar biznesini rivojlantirish borasida kasaba uyushmalari Yuridik klinikasi hamda "Ishonch telefonlari" orqali ularga bepul huquqiy maslahatlar berib borish, taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish imkoniyatlari borasidagi bilim va xabardorligini oshirish maqsadida joylarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda seminar-treninglar tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish xususidagi fikr va mulohazalarini oʻrtaga tashladilar.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan oʻquvchi-talabalar hamda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlarda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida mehnat jamoalarida oʻtkazilayotgan "Maʼnaviyat soat"lariga diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashish borasidagi tizimli ishlarga oid mavzularni kiritish orqali turli sohalarda mehnat qilayotgan yoshlarning yot oqimlar taʼsiriga tushib qolmasliklariga koʻmaklashish kasaba uyushmalarining bosh maqsadlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

Amaliy seminar ishtirokchilari tadbir doirasida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJda yosh xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, Yoshlar kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Amaliy seminarning ikkinchi kunida kasaba uyushmalari Federatsiyasi yosh faollarining Federatsiya rahbariyati bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Majlisni kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Anjumanda kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Yoshlar ittifoqi oʻrtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Yoshlar birlashmasi tashkil etildi hamda uning raisi saylandi.

Asosiy mavzular