21:30 26 Iyul 2017
Efir
Anomalnaya jara

Oʻzbekistonda yana jazirama: ob-havo 40 darajadan koʻtarilishi kutilmoqda

© Ana_J
Jamiyat
Havola olish
182320

Bir necha kun davom etgan salqin ob-havo oʻzbekistonliklarni ancha hushnud qilgan edi. Ammo Oʻzgidrometning maʼlumotiga koʻra, respublikaga jazirama yana qaytmoqda. 18-21 iyul kunlari ayrim hududlarda havo harorat 42 darajaga yetishi mumkin

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 19-21, kunduzi 34-36 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kuzatiladi. Kechasi 18-23, kunduzi 31-36 daraja issiq boʻladi.

Asosiy mavzular