21:31 26 Iyul 2017
Efir
Avtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda

Oʻzbekistonda baʼzi yuk avtomobillar import bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi

© Sputnik/ S. Solovyev
Jamiyat
Havola olish
128910

Qaror loyihasi normativ huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida joylashtirilgan

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda  import bojxona boji va qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod etiluvchi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qaror loyihasi normativ huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qoʻyilgan.

Ushbu qaror loyihasi Oʻzbekiston prezidentining 2007 yil 14 martdagi ishlab chiqarishni texnologik qayta qurish sohasida qabul qilingan qaroriga asosan Tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjat loyihasiga muvofiq, import bojxona boji va qoʻshimcha qiymat soligʻidan quyidagi transport turlarini ozod etish taklif qilinmoqda:

— yuklarni olib oʻtishga moʻljallangan motorli transport vositalari.

— maxsus ishlarga moʻljallangan motorli transport vositalari (masalan, yuk avariya avtomobillar, avtokranlar, yongʻin transport vositalari, avtobetonqorgichlar, yoʻllarni tozalash avtomobillari va boshqalar).

Ushbu transport vositalari Yevro 3 va undan ortiq standartga toʻgʻri kelishi lozim.

Qaror loyihasi Tashqi savdo, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari hamda Davlat bojxona qoʻmitasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Yangi hujjat 2017 yil 1 avgustga qadar muhokama qilinib, 2017 yil 7 avgustdan kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.

 

Asosiy mavzular