09:38 21 Noyabr 2017
Efir
Zona tamojennogo kontrolya, aeroport Minsk

YEII hududiga olib kirish taqiqlangan karantin mahsulotlar haqida maʼlumot

© Sputnik/Viktor Tolochko
Jamiyat
Havola olish
517 0 0

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari - Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston, Armaniston davlatiga olib kirish taqiqlangan karantin mahsulotlar belgilangan tartibda olib qoʻyilib, yoʻq qilinadi

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasining matbuot xizmati yoʻlovchilarni Belarus va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston, Armaniston) hududiga yoʻlovchilar qoʻl yuki ichida fitosanitariya sertifikatisiz olib kirish taqiqlangan mahsulotlar toʻgʻrisida bayonot berdi.

Xabarda aytilishicha, qoʻl yuki va bagaj ichida fitosanitariya sertifikatisiz ayrim karantin mahsulotlarni Belarus Respublikasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Olib kirish taqiqlangan karantin osti mahsulotlar quyidagilar:

— madaniy va yovvoiy oʻsimliklar urugʻlari;
— kartoshka va uning urugʻlari;
— ekiladigash mevalar, dekorativ, daraxt va butalar, gul va boshqa oʻsimliklar, tuvak oʻsimliklar, mevali buta,
— oʻsimliklar va ularning qismlari (qalamchalar, ildizlar, ildizpoyalar, piyozboshi);

— tirik hasharotlar, shuningdek omburlar, nematodlar, va boshqa zararli organizmlar;
— tirik qoʻziqorinlar, bakteriyalar, oʻsimliklar kasaligini qoʻzgʻatuvchi viruslar;
— hasharotlar toʻplami, turli oʻsimliklar gerbariylari va urugʻlari;
— uchtadan ortiq kesilgan gullar guldastasi;
— umumiy ogʻirligi 5 kg ortiq boʻlmagan fitosanitariya xavfi yuqori boʻlgan oʻsimliklar mahsulotlari (mevalar, sabzavotlar, yongʻoqlar, quruq mevalar, un, yormalar va boshqalar).

Ushbu taqiqlangan barcha mahsulotlar YEII hududiga olib kirilgan taqdirda belgilangan tartibda olib qoʻyilib, yoʻq qilinadi.

Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy kompaniyasi yoʻlovchilardan ushbu qoidalarga qatʼiy amal qilishlari soʻralgan.

Asosiy mavzular