14:13 16 Dekabr 2017
Efir
Dva texnika smotryat na turbinu gidroelektrostantsii

Rosatom Oʻzbekistonga mini-GESlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganmoqda

JEAN-PIERRE CLATOT / AFP
Jamiyat
Havola olish
338 0 0

Rossiya xoldingi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston va Tojikiston bilan loyihalar muhokama qilinmoqda

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. "Rosatom" davlat korporatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga oʻz mini-GESlarini yetkazib berishga tayyor. Hozirda qator taxminiy loyihalar ishlab chiqilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti "Atomenergomash" kompaniyasining (Rosatom tarkibiga kiradi) xalqaro faoliyat boʻyicha direktori Roman Murashovga asoslanib.

"Biz dastlabki marketing tadqiqotlarini oʻtkazdik. Markaziy Osiyoga 100-150 atrofida ana shunday qurilmalar yetkazib berish salohiyati mavjud", — dedi Murashov Ostonadagi "EKSPO-2017" doirasida oʻtayotgan Rossiya atom texnologiyalari haftaligida.

Murashov Rosatom Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga yetkazib berish imkoniyatlarini ishlab chiqayotganligini bildirdi.

Qayta tiklanuvchi energiya, jumladan mini-GESlar Rosatomning noyadroviy faoliyat yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Mini-GESlarning asosiy afzalliklari ishlab chiqariladigan energiya tannarxining arzonligi, qurilmani qisqa muddatda yetkazib berish, oson va tez muddatlarda qurilishidir.

Oʻzbekistonda yaqin besh yil ichida 42ta gidroelektrostantsiyalarni qurib ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, respublikadagi mavjud quvvatlar modernizatsiya qilinadi. Hozirda gidroelektrostantsiyalar ulushi elektrostantsiyalar umumiy hajmining 15%ini tashkil etadi.

Asosiy mavzular