15:23 15 Dekabr 2017
Efir
Shavkat Mirziyoyev s axaltekinskim skakunom

Oʻrta Chirchiqda Shavkat Mirziyoyevga sovgʻa qilingan zotdor ot namoyish etildi

Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
3819 0 0

Oʻrta Chirchiq tumanidagi "Oʻzbegim otlari" ot zavodida Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovgʻa qilingan "Doʻstxon" laqabli zotdor ot yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻrta Chirchiq tumanidagi "Oʻzbegim otlari" ot zavodi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda prezident rasmiy veb-sayti.

Zavod 1992 yil tashkil etilgan boʻlib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini koʻpaytirish va parvarishlashga ixtisoslashtirilgan.

Bugungi kunda bu yerda 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor.

"Oʻzbegim otlari" zavodida prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovgʻa qilingan "Doʻstxon" laqabli zotdor ot yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Ot zavodi hududida zotdor otlarni koʻpaytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil 15 iyunda Oʻzbekiston prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilingan.

Asosiy mavzular