03:29 21 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev: Shunday sharoit boʻla turib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayapmiz

© Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
77530

Oʻzbekiston prezidentiga Toshkent viloyatining asosiy turistik yoʻnalishlari namoyish etildi

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyatining asosiy turistik yoʻnalishlari namoyish etildi, 2017-2018 yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishning asosiy koʻrsatkich prognoz parametrlari taqdim qilindi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb-saytida xabar qilindi.

Xabarda bildirilishicha, Chimyon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun 500 oʻrinli zamonaviy mehmonxona majmuasi loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur hududda zamonaviy osma yoʻl qurish loyihasiga ham eʼtibor qaratildi. Uzunligi 2 kilometr boʻlgan, 26 kabinadan iborat osma yoʻlni 10 oyda qurish moʻljallanmoqda.

Boʻstonliq tumanida "Qoʻsh-Chinor" mehmonxona majmuasi quriladi. Majmuadan 130 oʻrinli mehmonxona, 60 oʻrinli restoran, sogʻlomlashtirish markazi va xizmat koʻrsatish shoxobchalari oʻrin olgan.

"Amirsoy" togʻ changʻi dam olish maskanida yilning turli fasllarida sayyohlarga xizmat koʻrsatadigan tizim yaratiladi.

Prezident Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatidan unumli foydalanish zarurligini taʼkidladi. Shunday sharoit boʻla turib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbariga Toshkent viloyatining soʻlim goʻshalarida tajriba sifatida mehmon uylarini tashkil etish boʻyicha takliflar taqdim qilindi. Bunda azaliy urf-odatlarimiz asosidagi tadbirlarga sayyohlarni jalb etish, ularga milliy taomlar tayyorlashni namoyish etish va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish koʻzda tutilgan.

Toshkent viloyatida Chimyon oromgohi, Chorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungach, Shovur, Bodak koʻllari bor. Viloyatda 45 ta mehmonxona boʻlib, oʻtgan yili 100 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan. 4 turoperator, 4 tabiiy koʻl, 71 sanatoriy, 1 qoʻriqxona, 5 oʻrmon xoʻjaligi mavjud.

Asosiy mavzular