20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Elitnыy jiloy kompleks v Moskve

Gulnora Karimovaning chet ellardagi hashamatli koʻchmas mulklari roʻyxati

© Sputnik/ Vladimir Vyatkin
Jamiyat
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
701161

Gulnora Karimova Shveytsariya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Latviya, Irlandiya, Malta oroli, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirligida hashamatli kvartiralar, villalar, mehmonxona komplekslariga ega boʻlgan

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari boʻyicha xabar berdi.

Tergov materiallari boʻyicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd. 394,1 mln. AQSH doll., 63,5 mln. yevro, 27,1 mln. funt va 18,5 mln. frank miqdordagi legallashtirilgan mablagʻlari aniqlangan, shu jumladan:

Shveytsariyada — 777,8 mln. AQSH doll. miqdorida pul mablagʻlari va Koloni shahrida narxi 18,5 mln. frank boʻlgan koʻchmas mulk (villa);

Shvetsiyada — 30 mln. AQSH doll. miqdorida pul mablagʻlari;

Buyuk Britaniyada — 4,2 mln. funt miqdorida pul mablagʻlari, London shahrida umumiy narxi 22,9 mln. funtlik uy-joylar, kvartiralar va villalar;

Frantsiyaning Parij shahrida — kvartiralar va "Shato de Grussi" qasri, Santrope shahrida — villa (umumiy narxi 52,5 mln. yevro);

Latviyada — 16,5 mln. AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, Riga shahrida park hududidagi umumiy narxi 9 mln. yevro boʻlgan koʻngilochar markaz;

Irlandiyada — 300 mln. AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar;

Malta orolida — narxi 48,8 mln. AQSH doll. boʻlgan samolyot;

Germaniyada — 2 mln. yevro miqdoridagi pul mablagʻlari;

Ispaniyada — 82 ming AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari;

Rossiyada — 6 mln. AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari, umumiy narxi 2 mln. AQSH doll. boʻlgan Moskva shahri "Kamelot" turar joy kompleksidagi "pentxaus", "Rublevka" massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksi, turar joy va yer uchastkasi;

Gonkongda — 67 mln. AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari, "The Arch" osmonoʻpar binosida narxi 15 mln. AQSH doll. boʻlgan "pentxaus";

Birlashgan Arab Amirligida — 32 mln. AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari, 31,5 mln. AQSH doll. miqdoridagi oltin va oltin sertifikatlari, Dubay shahrida umumiy narxi 67,4 mln. AQSH doll. boʻlgan "pentxaus", 2 ta villa va 2 ta mehmonxona komplekslari aniqlangan.

Hozirgi kunda uyushgan jinoiy guruhning boshqa aktivlarini aniqlash va ularni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular