20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Amerikanskiye dollarы

Gulnora Karimova Oʻzbekistondan 2 mlrd $ oʻgʻirlagan

© Flickr/ Miran Rijavec
Jamiyat
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
169440

Gulnora Karimova 2001 – 2013 yillar davomida Oʻzbekistonda davlat va fuqarolar mulkidan 1,994 mlrd $ oʻgʻirlagan.

TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi tyergov materiallari boʻyicha, Gulnora Karimova tomonidan davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi — 1,994 mlrd  AQSH Dollarini tashkil qilgan.

Shuningdek, ayni damda, chet mamlakatlarda Gulnora Karimovaga tegishli umumiy qiymati 1,500 mlrd $ dan ortiq boʻlgan mablagʻlar va mol-mulk aniqlangan.

Xususan,Shveytsariyada – 797 mln $, Shvetsiyada – 30 mln $, Buyuk Britaniyada  - 35,9 mln $, Frantsiyada – 61,4 mln $ Latviyada 27,03 mln $, Irlandiyada – 300 mln $, Maltada – 48,8 mln $, Germaniyada – 2,34 mln $, Ispaniyada —82 ming $, Rossiyada – 6 mln $, Gonkongda – 67 mln $, BAAda —130 mln $.

Shu oʻrinda, aytib oʻtish joizki, bu Oʻzbekiston YAIMining 2,9 %ini tashkil qiladi. 2016 yilda Oʻzbekiston YAIMi — 67,22 mlrd $ni tashkil qilgan edi. Albatta, ushbu mablagʻlar chet mamlakatlarga olib chiqib ketilmay, Oʻzbekiston ichida samarali foydalanilganida,  oʻtgan yillar davomida ulardan mamlakat iqtisodiga bir necha barobar ziyod foyda kelgan boʻlar edi.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular