20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono

Gulnora Karimovaning advokati tergovni toʻxtatishni soʻradi

© Sputnik/ Valeriy Levitin
Jamiyat
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
340402

Shveytsariyalik advokat aytishiga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni boʻlmagan.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Shveytsariya prokuraturasidan tergov jarayonini toʻxtatishni soʻradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Advokatning soʻzlariga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni boʻlmagan.

Bunday sharoitda, advokat Karimovaning huquqlarini "qonuniy sud talabiga javob beradigan darajada" himoya qila olmasligi tufayli, u Shveytsariya prokuraturasidan tergov ishlarini toʻxtatib turishni soʻramoqda.

Undan tashqari, Manja aytishiga qaraganda, 2016 yilning dekabr oyida u Gulnora Karimova bilan uchrashgan vaqtda, Karimova Oʻzbekistondagi sud jarayoni haqida advokatga hech narsa xabar qilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Gulnora Karimovaning eng katta mablagʻlari aynan Shveytsariyada saqlanmoqda. Oʻzbekiston bosh prokuraturasi xabariga koʻra, u yerda 777,8 mln dollar pul mablagʻlari, hamda qiymati 18,5 mln frank (19,4 mln $) boʻlgan villasi bor.
Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular