20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Gulnara Karimova

Latviya Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi boʻyicha izoh bermasligini bildirdi

© Sputnik/ Valeriy Levitin
Jamiyat
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
160600

Latviya Bosh prokuraturasi Rigadagi koʻngilochar maskan Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekanligi haqidagi xabarni tasdiqlash yoki inkor etishni istamadi

TOSHKENT, 2 avgust — Sputnik. Latviya Bosh prokuraturasi respublikada Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegishli mulk borligi haqidagi xabarga izoh bermadi, deb xabar qildi Sputnik Latviya RIA Novostiga tayanib.

"Latviya Bosh prokuraturasining xalqaro hamkorlik boʻyicha ishlash va boshqarish departamenti yaqqol shaxslar haqida axborot bermasligini maʼlum qiladi. Huquqiy (sud) yordam haqidagi shartnomaga oid masalalar tergov siri hisoblanadi", — deb maʼlum qildi bosh prokuratura RIA Novostiga.

2013 yil oktyabrda Gulnora Karimovaga nisbatan 2011-2013 yillarda uyushgan jinoiy guruhga bevosita koʻmaklashib, qator jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorlari yuborilganligini maʼlum qildi.

Respublika Bosh prokuraturasining maʼlum qilishicha, uyushgan jinoiy guruhning Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Latviya, Rossiya, Gonkong va Birlashgan Arab Amirligida mulklari borligi aniqlangan.

Latviyaning Riga shahridagi narxi 9 million yevro deb baholangan "Vernisaj" koʻngilochar majmuasi Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular