Ravon R2 va Ravon Nexia Rossiyadagi eng arzon avtomobillar ro‘yxatida yetakchi bo‘ldi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtoekspertlar Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillarni aniqlashdi

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Ravon R2 va Ravon Nexia Rossiyadagi eng arzon avtomobillar reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda qayd etildi. Bu haqda topgearclub.ru xabar bermoqda.

Ravon Gentra na Moskovskom Mejdunarodnom avtomobilnom salone - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda Ravon avtomobillari savdo markazi ochiladi

Xabarda aytilishicha, avtoekspertlar Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillarni aniqlashdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan Yaponiyaning Datsun on-DO avtomobili joy egalladi. Uning narxi 436 ming rublga teng. Narxi 439 ming rubl bo‘lgan Ravon R2 va narxi 449 ming rubl bo‘lgan Ravon Nexia mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy oldi. To‘rtinchi o‘ringa Brilliance H230, beshinchi o‘ringa esa FAW Oley joylashdi. Ularning narxlari mos ravishda 459,9 va 470 ming rublga teng.

Yangiliklar lentasi
0