10:02 20 Oktyabr 2017
Efir
Myasopererabatыvayuщeye predpriyatiye APX Miratorg v Bryanskoy oblasti

Oʻzbekistonga Polshadan katta miqdorda muzlatilgan goʻsht olib kelindi

© Sputnik/ Yevgeniya Novojenina
Jamiyat
Havola olish
410072

Xabarga koʻra, Polshadan keltirilgan goʻsht hukumat tomonidan belgilangan imtiyozli arzonlashtirilgan narxda 21 000 soʻmdan sotilmoqda

TOSHKENT, 8 avgust — Sputnik. Respublika aholisini hamyonbop, arzon va sifatli goʻsht bilan taʼminlash maqsadida Polshadan katta miqdorda muzlatilgan goʻsht olib kelindi, deb xabar bermoqda Uznews.uz.

Xabarda aytilishicha, xorijdan olib kelingan muzlatilgan goʻsht Toshkent shahrining barcha bozorlaridagi (ularning umumiy soni 12 ta) "Elga xizmat" doʻkonlariga hamda "Korzinka" supermarketining (Aviator, TTZ, Chilonzor, Yunusobod va boshqa filiallarida) filiallariga aholiga qulaylik yaratish maqsadida sifatli holda, qadoqlab (1,5-2,5 kg.) sotish uchun tarqatilgan.

Xabarga koʻra, Polshadan keltirilgan goʻsht hukumat tomonidan belgilangan imtiyozli arzonlashtirilgan narxda 21 000 soʻmdan sotilmoqda.

"Toshkent shahri bozorlaridagi mahalliy oriq mol goʻshtining narxi 32-35 ming soʻmni, lahm esa 40-45 ming soʻmni tashkil qilmoqda", deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular