09:35 21 Noyabr 2017
Efir
Prezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayuщimsya klyuchi ot jilыx domov

Oʻzbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy kalitlari topshirildi

© uza.uz
Jamiyat
Havola olish
37520

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sovgʻasi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga Oʻzbekiston prezidentining sovgʻasi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali topshirildi. Bu haqda Uzbekiston24 telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Shahrisabz tumanidagi Shamaton qishlogʻida yashovchi Gavhar Nafasova II guruh nogironi. Turmush oʻrtogʻi ruhiy kasal. Gavharning ota-onasining uyida, kichkina hovlida besh oila, 16 kishi istiqomat qiladi. Bugun Gavharga prezident nomidan Shahrisabz shahridagi Buyuk ipak yoʻli koʻchasida qad rostlagan koʻp qavatli uydan bir xonali kvartiraning kaliti topshirildi.

Joriy yilda 385 nafar nogiron va ishga layoqatsiz boʻlgan fuqarolar zamonaviy uylar bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Fargʻona viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga Shavkat Mirziyoyevning sovgʻasi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar topshirilganligi haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular