10:02 20 Oktyabr 2017
Efir
Natsionalnыy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka

Milliy universitetning 10 ta fakultetida qoʻshimcha sirtqi boʻlimlar ochildi

© Sputnik/ A. Varfolomeyev
Jamiyat
Havola olish
840 0 0

Hozirda 36 yoʻnalish boʻyicha sirtqi taʼlimga hujjat qabul qilinmoqda

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy universitetining 10ta fakultetida sirtqi taʼlim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot olish imkoni yaratildi. Bu haqda OʻzMU axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, biologiya, geologiya va geografiya, jurnalistika, ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, kimyo, matematika, fizika, tarix, xorijiy filologiya fakultetlarida sirtqi taʼlim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot olish mumkin.

Bu fakultetlarda 36 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 2017-2018 oʻquv yilidan tajriba-sinov tariqasida masofaviy oʻqitishning ilgʻor usullarida taʼlim olib, navbatdagi mutaxassislik diplomiga ega boʻlish mumkin.

Ikkinchi mutaxassislikka 2-kursdan qabul qilinadi.

Sirtqi boʻlimga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 20 avgustga qadar davom etadi.

Asosiy mavzular