Mirziyoyev samarasiz va ahamiyatga ega bo‘lmagan majlisbozliklarni qat’iy taqiqladi

Obuna bo‘lish
Ko‘rib chiqiladigan masalalarga bevosita aloqador bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari yig‘ilishlarga taklif qilinishi va ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida ma’muriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalg‘itadigan idoralararo yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlandi.

"Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga keraksiz ma’muriy ish hajmini oshiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarishdan chalg‘itadigan idoralararo yig‘ilishlarni o‘tkazish qat’iy taqiqlansin.

Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga ko‘rib chiqiladigan masalalarga bevosita aloqador bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari taklif qilinishi va ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilsin", deyiladi qarorda.

Ko‘rsatilgan talablarning qat’iy bajarilishi ustidan lozim darajada monitoring olib borilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi zimmasiga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0