12:20 22 Avgust 2017
Efir
Axmad Tursunbayev

Ahmadboy ishi boʻyicha ikkinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi

© Youtube/
Jamiyat
Havola olish
99500

Sud majlisda Ahmad Tursunboyev tomonidan tashkil etilgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» korxonalari faoliyatidan jabrlangan 11 fuqaroning koʻrsatmalari tinglandi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Toshkent viloyati sudida 9 avgust kuni chinozlik "Ahmadboy" va uning olti nafar sheriklari ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Uz24.uz nashri.

Majlisda Ahmad Tursunboyev tomonidan tashkil etilgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» korxonalari faoliyatidan jabrlangan 11 fuqaroning koʻrsatmalari tinglandi.

Ayni damda Tursunboyev Ahmadga Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining toʻrt bandi boʻyicha ayblov qoʻyilmoqda: 177 modda — valyuta mablagʻlarini noqonuniy sotib olish va sotish, 188 modda – roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati  bilan shugʻullanish, 189 modda – savdo-sotiq qoidalarini buzish, 190 modda – Litsenziyasiz faoliyat olib borish.

Eslatib oʻtamiz Axmad Tursunboyev va uning  sheriklari 2016 yilning iyul oyida qoʻlga olingan edi. Jinoiy guruh aʼzolari aholidan oʻta katta miqdorda mablagʻ qabul qilib, uni bir yil ichida 100% stavkasi bilan qaytarib berishni vaʼda berishgan. Shuningdek, ular aholiga oyiga 40% stavkasi bilan aholiga qarz ham berishgan.

Jinoiy guruh turar joylarida qidiruv oʻtkazilganida 13,1 mlrd soʻm, 7,9 mln dollar pul mablagʻlari hamda bir necha qimmatbaho avtomobillar topilgan.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2109
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    368
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    271