15:23 15 Dekabr 2017
Efir
Pustoye kreslo

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi rahbari oʻzgardi

Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Jamiyat
Havola olish
34710

OʻzA rahbari sifatida ishlab kelayotgan Mamatqul Hazratqulov Oʻzbekiston Prezidenti Devoni OAV sektoriga ishga oʻtgan

TOSHKENT, 10 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga Abdusaid Koʻchimov rahbar etib tayinlandi. Bu xabarni Sputnik Oʻzbekistonga agentlik matbuot xizmati tasdiqladi.

Xabarda aytilishicha, OʻzA rahbari sifatida ishlab kelayotgan Mamatqul Hazratqulov Oʻzbekiston Prezidenti Devoni OAV sektoriga ishga oʻtgan.

Abdusaid Koʻchimov 1951 yil 15 mayda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan. U 1972 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Turli yillarda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari, Prezident Devonida Axborot markazi rahbari, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi, "Toshkent" teleradiokanali bosh direktori vazifalarida xizmat qilgan.

Asosiy mavzular