Hokimlik va idoralarda ijro va mehnat intizomi bo‘shashib ketgan

© darakchi.uzXokimiyat Tashkentskoy oblasti
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, barcha hududlarda intizomga rioya etish masalasi o‘rganib chiqilgan va joylarda qat’iy talabchanlik va nazorat ta’minlanmayotgani, oqibatda hokimliklar va idoralarda intizom, jumladan, ijro va mehnat intizomi ancha bo‘shashib ketgani aniqlangan

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida hokimlik va idoralardagi intizom masalasini tanqid qildi.

Radiator sentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik O‘zbekiston
Barcha viloyatlar markazlarida issiqlik ta’minoti tizimi deyarli ishlamaydi

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, barcha hududlarda intizomga rioya etish masalasi o‘rganib chiqilgan va joylarda qat’iy talabchanlik va nazorat ta’minlanmayotgani, oqibatda hokimliklar va idoralarda intizom, jumladan, ijro va mehnat intizomi ancha bo‘shashib ketgani aniqlangan. Xususan, deyarli barcha hokimliklar va quyi idoralarda hukumat qarorlari ijrosini tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar belgilangan vazifalar to‘liq bajarilishini ta’minlamayapti.

Shu munosabat bilan davlat organlari va korxona-tashkilotlarda ijro va mehnat intizomiga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan rahbarlarning mas’uliyatini oshirish va xulosa qilmaganiga nisbatan keskin choralar ko‘rib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan buyon talab, nazorat, o‘rganish va intizom masalalari yanada qat’iy e’tiborda bo‘lishi, barcha darajadagi rahbarlar faoliyati va ishining natijalariga shu mezonlar asosida baho berilishi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0