15:21 15 Dekabr 2017
Efir
Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya

Xalq taʼlimi vaziri yangi oʻquv yilidagi muhim oʻzgarishlar haqida aytib berdi

© anons.uz
Jamiyat
Havola olish
216151

Vazir, xususan, yangi oʻquv yilida qanday fanlar yangi dasturlar asosida olib borilishini, 10 sinflar uchun tayyorlanayotgan yangi darsliklar hamda birinchi sinflarda bolalar soni haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 10 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov yangi oʻquv yili, fuqarolar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, yangi oʻzgarishlar bilan boshlanayotganini Uzbekiston24 telekanaliga soʻzlab berdi.

Vazir, xususan,  matematika, kimyo, fizika, biologiya fanlari yangi dastur va metodlar asosida oʻtilishini, shuningdek, ingliz tili Yevropa taʼlim standarti asosida olib boriilishini hamda "Mehnat taʼlimi" fani yangi oʻquv yilidan boshlab "Texnologiyalar" deb atalib yangi,  takomillashtirilgan dastur asosida olib borilishi haqida soʻzlab berdi. 

Undan tashqari, ushbu yildan boshlab birinchi sinflarda bolalar soni 35 nafardan koʻp boʻlmasligi ham belgilangan.

Yangi oʻquv yilining asosiy yangiliklaridan biri esa, bu — umumtaʼlim maktablarida 350 mingdan ortiq oʻquvchilar 10 sinfda oʻqishni davom ettirishi boʻladi. Shu sababli bugungi kunda nashriyotlarda 10 sinflar uchun 12 fan boʻyicha yangi reja asosida tuzilgan darsliklar nashrga tayyorlanmoqda.

Vazir aytishiga qaraganda, ushbu darsliklarni tayyorlashda, jahon tajribasi izchil oʻrganib chiqilgan. Ayniqsa Rossiya, Qozogʻiston va Buyuk Britaniya oʻquv rejalari, fan dasturlari chuqur oʻrganib chiqilib, tahlil qilingan. 

"Birinchi navbatda oʻzimizda amaldagi davlat taʼlim sifatlari, bundan avval oʻqitilgan 10-11 sinflar hamda hozirgi kunda oʻqitilayotgan litsey va kollejlardagi umumtaʼlim fanlarini dasturlari, 11 yillik taʼlim joriy etilgan davlatlar — Rossiya, Qozogʻiston hamda Buyuk Britaniyaning oʻquv rejalari, fan dasturlari tahlil qilinib, yangi dasturlar tayyorlandi", — dedi taʼlim vaziri. 

Bu yil 650 ming nafar oʻgʻil-qiz birinchi sinfda oʻqishni boshlaydi. Ularni har biriga 12 turdagi oʻquv qurollari va oʻquvchilik portfeli tayyorlab qoʻyilgan. Shuningdek, 1-sinfga kelayotgan oʻquvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham taʼminlanadi.

Undan tashqari, yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar Oʻzbekistonning 1300 dan ortiq hududlarida maktab yarmarkalari tashkil etiladi. Unda 26 turdagi zaruriy oʻquv qurollari va jihozlari sotuvga chiqariladi.

Asosiy mavzular