18:17 23 Oktyabr 2017
Efir
Bolelщiki komandы armii Uzbekistana vo vremya konkursa otlichniki voyskovoy razvedki na Armeyskix mejdunarodnыx Igrax-2017

"Armi – 2017" tanlovida sovrindor boʻlgan oʻzbekistonlik harbiylar kutib olindi

Ministerstvo oboronы RF
Jamiyat
Havola olish
36710

"ARMI – 2017" doirasida oʻtkazilayotgan 29 ta tanlovning 8 tasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 8 ta jamoa ilk bor ishtirok etdi

TOSHKENT, 10 avgust — Sputnik. Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Xitoyning 22 ta poligonida 28 ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida uchinchi xalqaro armiya oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda, deb yozadi 1news.uz.

"ARMI – 2017" doirasida oʻtkazilayotgan 29 ta tanlovning 8 tasida, yaʼni Rossiya Federatsiyasi hududida kechgan "Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari", "Elbrus halqasi", "Sodiq doʻst", "Xavfsiz marshrut", "Yoʻl patruli", Qozogʻistonda oʻtkazilgan "Merganlik marrasi", Xitoyda boʻlib oʻtgan "Qurolsoz usta", "Musaffo osmon" tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 8 ta jamoa ilk bor ishtirok etdi.

15 tasida esa, yaʼni "Tank biatloni", "Harbiy-tibbiy estafeta", "Dala oshxonasi", "Osmon kaliti", "Avtobronetank texnikasi ustasi", "Harbiy ralli", "Muhandislik formulasi", "Rembat", "Hamdoʻstlik jangchisi", "Artilleriya ustasi", "UUA (uchuvchisiz uchish apparatlari) ekipajlari musobaqasi", "Suvorov shiddati", "Xavfsiz muhit", "Desantchilar vzvodi", "Aviadarts" kabi musobaqalarda oʻzbekistonlik vatan himoyachilari kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi dala-oʻquv maydonida oʻtkazilgan "Xavfsiz marshrut" musobaqasida podpolkovnik R. Baybekov yetakchiligidagi harbiy xizmatchilar jamoasi Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishdi. Katta leytenant O. Quvondiqov, leytenant R. Ahmadov, serjantlar – V. Jumaqulov, SH. Davronov, kichik serjantlar – D. Bekmatov, T. Haydarov, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar – U. Musayev, E. Hasanovning uyushqoqlikda harakat qilganlarini alohida taʼkidlash lozim. Musobaqada Oʻzbekiston vakillari faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, Vatanga yorugʻ yuz bilan qaytishdi.

Harbiy muhandislar tanlovning muhandislik-razvedka dozorining suvli toʻsiqlarni razvedka qilishdagi harakatlanishi, piyodalarga qarshi minalarni aniqlash va zararsizlantirish, mexanizatsiyalashtirilgan koʻprik majmuasini yigʻish, yoʻl oʻtkazish uchun moʻljallangan mashina bilan zararlangan yoʻlni tiklash hamda muhandislik mashinasi bilan yoʻl oʻtkazish kabi shartlarda bellashib, sovrinli oʻringa sazovor boʻlishdi.

Bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida "Xavfsiz marshrut" tanlovi sovrindorlarini kutib olish tantanalari boʻlib oʻtdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari hamda oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bildirishicha, yurt sharafini xalqaro arenada munosib himoya qila olgan harbiylar qizgʻin qutlandi.

Eslatib oʻtamiz, "ARMI – 2017" tanlovi 12 avgust kuni nihoyasiga yetadi.

Asosiy mavzular