14:11 16 Dekabr 2017
Efir
Dver s klyuchami

Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan taʼminlanadi

© pixabay
Jamiyat
Havola olish
139 0 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan taʼminlash ishlarini belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyadi

TOSHKENT, 10 avgust — Sputnik.  Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, shuningdek, Uyushmaning va Uyushmaga qarashli boʻlgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda “Ilhom” jamoat fondi deb yuritiladi) mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan taʼminlash ishlarini belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyadi.

Ushbu qaror ommaviy axborot vositalari faoliyatini keng qoʻllab-quvvatlash, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, gazeta-jurnallar, teleradiokanallar, axborot agentliklari va Internet nashrlarida mehnat qilayotgan mualliflarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, jurnalist kadrlarning professional mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Asosiy mavzular