12:13 22 Avgust 2017
Efir
Zasedaniye Senata respubliki Uzbekistan

Koʻzini qisgan deputat internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab boʻldi

Jamiyat
Havola olish
151638

Studiyadagilardan birining eʼtiroziga javob qaytargan deputat partiyadoshlari tomon qaragancha astagina koʻz qisib qoʻygan

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Dilfuza  Jalilovaning bevosita efir vaqtidagi harakati oʻzbekistonliklarning norozilik va eʼtirozlariga sabab boʻldi, deb yozadi Podrobno.uz.

Maʼlum qilinishicha, “Munosabat” koʻrsatuviga “Adolat” va “Milliy tiklanish” partiyalari vakillari taklif etilgan. Bevosita muloqot chogʻida Oʻzbekistondan oʻgʻirlab olib chiqib ketilgan Chashmai Ayyub maqbarasi boʻlagi borasida bahs yuzaga kelgan.

Ushbu masala boʻyicha deputatlarga “Qani Buxoro viloyati kengashining roli, Qonunchilik palatasi deputatlarining qonun ijrosi boʻyicha nazorati qani?” deya savol berilgan.

Studiyadagilardan birining “Sizlarning rolinglar yoʻq” degan eʼtiroziga Oliy Majlis deputati Dilfuza Jalilova “Bor, bor, bor rolimiz” deya javob qaytargan. Shu soʻzlardan soʻng u partiyadoshlari tomon qaragan va astagina koʻz qisib qoʻygan.

Ushbu holat tasvirlangan videolavha internet tarmogʻida tarqalib ketdi va aksariyat foydalanuvchilar deputatning xatti-harakatidan soʻng uning soʻzlarini yolgʻonchilik deb baholadilar.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2075
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    356
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    267