15:20 15 Dekabr 2017
Efir
Dengi

"Qora bozorda" dollar narxi tushib ketmoqda

© Sputnik/ Anton Denisov
Jamiyat
Havola olish
5772130

Poytaxtdagi yirik bozorlarda bir dollar 7600-7800 soʻmdan sotib olinmoqda va 50-100 soʻm qimmatroqqa sotilmoqda

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. Toshkent yirik bozorlarida dollarning "qora bozor"dagi narxi tushib ketmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Poytaxtdagi yirik bozorlarda bir dollar 7600-7800 soʻmdan sotib olinmoqda va 50-100 soʻm qimmatroqqa sotilmoqda. Ayrim noqonuniy valyuta sotuvchilarning aytishlaricha, mamlakatning ayrim viloyatlarida dollar narxi 7500 soʻmdan ham tushib ketgan.

Masalan, bir dollar Toshkent shahrining Yunusobod bozorida — 7600 soʻm, Chorsu bozorida — 7450 soʻm, Farxod bozorida — 7800 soʻmga sotib olinmoqda.

Ayrim internet foydalanuvchilari esa 7450 soʻmga sotganligini maʼlum qilgan.

Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan belgilagan dollar rasmiy kursi esa 4126 soʻm 45 tiyinni tashkil etadi.

Dollar narxi pasayishiga konvertatsiya ochilishi, prezidentning bir necha yangi qarorlari qabul qilinishi sabab boʻlganligi taxmin qilinmoqda.

Ayrim internet foydalanuvchilari esa dollar pasayishiga oʻqish boshlanishi bilan bogʻliq xarajatlar sabab boʻlganini bildirsa, ayrimlar dollar narxi bir oz vaqtga tushib, keyin yanada qimmatlashishi mumkinligi haqida fikrlar bildirilmoqda.

Poytaxtning ayrim bozorlarini aylanib koʻrgan Sputnik muxbiri valyutafurushlarning ishi ancha sustlashganligini, deyarli hech kim dollar sotmayotganligini koʻrdi. Koʻpchilik balki Markaziy bank konvertatsiyasi ochiladi deb kutmoqda. Valyutafurushlar ham deyarli dollar sotishmayapti, faqat dollar sotib olish bilan ovora.

Bundan tashqari, banklar tomonidan jadal suratlarda poytaxt koʻchalarda plastik kartalardan pul yechib olish bankomatlari oʻrnatilmoqda. Bankomatlarni 14 avgust kuni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bankomatlardan pul yechib olinishida hech qanday komissiya olinmaydi.

Asosiy mavzular