12:14 22 Avgust 2017
Efir
Vsenarodnыy xashar v Uzbekistane. (Buxara)

Namangan viloyati hokimi: oʻqituvchiga oʻz ishini qildirmadik, fermerga bogʻladik

© Flickr/ Aleksandr Zykov
Jamiyat
Havola olish
477 0 0

"Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga"- deya javob berdi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov

TOSHKENT, 11 avgust — Sputnik. Bugun Xalqaro press klub  tomonidan  Namangan viloyati rahbarlari bilan jonli efirda suhbat olib borildi, deb xabar berilmoqda Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi saytida.

Xabarda aytilishicha, jonli muloqotda fuqaro Sohibjon Bobojonov koʻpdan beri ijtimoiy tarmoqlarda muhokama etilayotgan muammo, yaʼni oʻqituvchilarning obodonlashtirish ishlariga haligacha jalb etilib kelinayotgani haqida savol berdi.

“Bu bor haqiqat, buni yashirib boʻlmaydi. Ularni nafaqat obodonlashtirish ishlarida, hatto qishloq xoʻjaligi ishlarida ham ishlatib keldik. Oʻqituvchini oʻzini ishini qildirmadik, fermerga bogʻladik. Vrachlarimizga oʻz ishini qildirmadik, QVP da oʻz ishlari qolib, qishloq xoʻjaligi ishlari bilan band boʻlishdi. Natijada nima boʻldi, natijada bugun onalar oʻlimi oshdi, goʻdaklar oʻlimi oshdi, lekin hech kim QVP ga yordam bergani yoʻq. Qachonki endi biz koʻzimizni ochib koʻrsakki, qanaqadir ogʻir ahvolda. Shuning uchun qatʼiy cheklangan hozir, oʻqituvchilarimizni, umuman byudjet xodimlarini jalb qilish. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir boʻlsaki mayli, shunda umumiy tartibda chaqiriladigan boʻlsa. Bizning eng zabardast sohalar ikki soha ham, eng ishongan sohalarimiz. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga ”- deya javob berdi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

"Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxoʻjayev Yaponiya davlatining rivojlanishida taʼlim sohasi egalarining hissasi qanchalik beqiyos ekani, shu boisdan ular qanchalik eʼzozda ekanligi toʻgʻrisida gapirdi", deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2078
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    358
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    268