06:01 18 Dekabr 2017
Efir
Snyatiye denejnыx sredstv v bankomate

14 avgustdan Toshkent bozorlarida bankomatlar ishlay boshlaydi - "Xalq banki"

CHANDAN KHANNA / AFP
Jamiyat
Havola olish
71870

Mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming soʻm yechib olishi mumkin

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. "Xalq banki"ning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qoʻyliq bozorlariga bankomatlar oʻrnatib chiqildi. Bankomatlar 14 avgust, dushanba kunidan ishlay boshlaydi. Bu haqda uz24.uz xabar qilmoqda.

Bank matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar oʻrnatilmoqda.

Mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming soʻm yechib olishi mumkin. Bankomatda 1 000 soʻm, 5 000 soʻm, 10 000 soʻmgacha boʻlgan kupyuralar boʻladi.

Hozirda bankomatlar asosan bozor hududida joylashgani uchun ularning ish rejimi ham shunga moslashtirilgan. Kelajakda aholi gavjum joylarda shunday bankomatlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan va ular 24 soat davomida faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy mavzular